O’zbekiston Respublikasi Prezidentitning PP-2995 sonli 2016 yil 16 sentabrdagi hamda PP-3847 sonli 2018 yil 12 iyuldagi qarorlari asosida GMP talablari bo’yicha dorivor vositalarning substansiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasiga ishlov berish bo’yicha 2019 yil 18 martda O’simlik moddalari kimyosi instituti qoshida GMP Ilmiy-texnologik markaz ochildi.

☑️Institutning modernizatsiyalangan ishlab chiqarish korxonasi Markaziy Osiyodagi yagona GMP korxona hisoblanib, Respublikada keng tarqalgan kasalliklarni davolash uchun original import o’rnini bosuvchi va eksport preparatlarning dorivor substansiyalarini ishlab chiqaradi.

☑️2023 yil 21 fevral sanasida O’simlik moddalari kimyosi institut tarixida yana bir yodda qolarlik kun sifatida tarixga kirdi. Institutning Tajriba ishlab chiqarish korxonasi O’z DSt 2766:2018 talablari doirasida GMP sertifikatiga ega bo’ldi. Institutning bunday muvaffaqiyatlari bardavom bo’lishini tilaymiz.